Mebel tarmoği uçun ERP, kassa va ilovalar
Mebelhouse

1996-yildan beri işlayotgan mebel tarmoği yagona tizimga ötmoqda. Loyihani öz zimmamga oldim, ikki oydan söng işga tuşdik va endi kassa, kuryerlar hamda qolgan barça ilovalar menda.
- Mijoz
- Mebelhouse (C5), 1996-yildan beri premium boğ va ofis mebellari
- Rol
- Mahsulot va dasturlaş; daşbord, biznes egasi ilovasi va yangi kassani bir özim qildim
- Yil
- 2025
- Holat
- Işlayapti
Hammasi nimadan boşlangan
Mebelhouse 1996-yildan beri premium boğ va ofis mebellarini sotadi hamda Özbekistonda öz segmentidagi eng közga köringan kompaniyalar qatoriga kiradi. Törtta şourum, katta ombor, 15 nafar kuryer, 30 dan 50 nafargaça xodim va har kuni buyurtmalar bor. Mijozlar bazasi katta, barça hisob-kitoblar yagona tizimga köçirilayotgan edi. Yaqin tanişlarim bölgan biznes egalari dasturlaş rejasini körib berişimni söraşdi.
Reja va bosqiçlarni tahlil qilib çiqdik. Qoğozda iş hajmi juda katta edi: ERP, kassa, kuryerlar, sotuvçilar, omborçilar va yiğuvçilar uçun ilovalar. Muddat esa yarim yil qilib belgilangandi. Tajribamdan kelib çiqib, darhol aytdim: bu muddat içida buni noldan yiğib bölmaydi. Keyinçalik dasturçilar jamoasi ham bunday katta iş uçun juda qisqa muddat olganini oçiq tan oldi.
Biznes egalariga mahsulot tomonidan odam kerak edi, şuning uçun dasturçilar bilan uçraşuvlarga men qatnay boşladim. Muammo mahsulot qismida yuz bergan degan töxtamga keldik va menga şunday taklif berişdi: unda prodakt özingiz böling, bizga flou bering, biz şu böyiça ketamiz. Men öz flouimni berdim. Aslida bu işni boşidan boşlaş edi, lekin vaqt ozligi sababli hammasini qayta qilib ötirmadim: ssenariylarning eng zarur joylarini töğriladim va işlab turgan narsalarni optimallaştirdim.
Loyiha yarim yildan oşdi, bir yilga yaqinlaşdi hamki, heç tugamasdi. Şunda uni öz zimmamga oldim va ikki oydan söng işga tuşirdik. Özi bunday qilinmaydi: birovning çala yiğilgan loyihasini davom ettirişmaydi, tuşungan odam öz jamoasi bilan noldan quradi. Ammo bunga vaqt yöq edi va loyihani davom ettiriş tezroq bölib çiqdi.
Eng kulgilisini keyin eşitdim. Öşa jamoadagi bir dasturçi hali Dokon’da birga işlagan mobil dasturçimizning tanişi ekan, unga: «qandaydir prodakt kelib, hammasini ostin-ustun qilib taşladi» debdi xD Tan olaman, şunday böldi. Hozir kassa, kuryerlar va boşqa ilovalar menda, hammasi bir maromda işlayapti.
Men nima qildim
- Jarayonlar va ssenariylar: buyurtma, mahsulot va pullarning şourum, ombor hamda yetkazib beriş orqali qanday ötişi
- ERP, kassa hamda kuryerlar, sotuvçilar, omborçilar va yiğuvçilar uçun ilovalarni işga tuşiriş, har birini sayqallab
- Yangi kassa: Flutter’da yozilgan 72 000 qatorli kassani taxminan olti hafta içida Electron’da qayta yozib çiqdim
- Biznes egasining daşbordi (c5mb.uz): sotuvlar tahlili, ABC-XYZ, buyurtmalar xaritasi, tuşum auditi, PDF’da narx yorliqlari va tijoriy takliflar
- Expo’da ikki kun içida biznes egasi uçun ilova
- Katalog uçun AI-suratlar: fon öçiriladi, mahsulot oq fonga qöyiladi. 200 talik paketlar, asl nusxalar bekapda, agar model mahsulotga tegib ketsa, asl nusxa qoladi
- 7 bosqiçli Reels AI-konveyeri: ssenariy, ovozlaştiriş, video, subtitrlar, montaj. Ssenariyni operator tahrirlaydi va nimani eʼlon qilişni ham özi hal qiladi
- Mahsulotlar uçun rus tilidagi AI-matnlar Tahrirchi orqali özbek tiliga tarjima qilinadi, faqat operator tanlaganidan keyin saqlanadi
- Backend, admin paneldagi buyurtmalar tablosi va omborning 3D xaritasi, xonalarni AR bilan ölçaydigan xodimlar ilovasida iştirok etdim; c5.uz saytida SEO va tezlikni qildim
Raqamlarda
- oy, loyihani olganimdan işga tuşirişgaça
- 2
- hafta, yangi kassa uçun
- 6
- kuryer, yagona tizimda
- 15
Stek
- NestJS
- Next.js
- Expo
- Electron
- Flutter
- PostgreSQL
- Trigger.dev
Kim nima qildi
Jamoaviy loyiha. Birinçi versiya, şourumlar admin paneli va avvalgi desktop kassani boşqa iştirokçilar qilgan.
Keyingi hikoyaElektrotexnika ulgurji sotuvçisi uçun biznes tizimi
Nevel