Asosiy qismga ötiş
Jahongir Akromov

Toşkent, Özbekiston

Murakkab muammolar, sodda texnologiya.

Salom, men Jahongirman. Sohani örganişni 2014-yilda boşlaganman, 2018-yildan beri esa yölim e-⁠commerce bilan boğliq. Bugun onlayn dökonlar, ERP, kassa va ilovalarni boşidan oxirigaça özim qilaman: özim öylab topaman, kodini özim yozaman, biror narsa buzilsa, javob beradigan ham özim.

Integratsiyalar

Işlarim

Bu demo emas, jonli dasturlar: ularda har kuni savdo qilinadi, ombor sanaladi va çek uriladi.

Törtta şourum va ön beşta kuryerga ega mebel tarmoği. Özining 1C’sini yaxşi köradigan ulgurji savdogar: unga tegmadik, sayt va Telegram bilan döstlaştirib qöydik. Palovni taniydigan kaloriya trekeri. Va barista qahva damlayotganda stakan yorliği özi çop bölib çiqadigan qahvaxonalar.

2025

Mebelhouse

Mebel tarmoği uçun ERP, kassa va ilovalar

1996-yildan beri işlayotgan mebel tarmoği yagona tizimga ötmoqda. Loyihani öz zimmamga oldim, ikki oydan söng işga tuşdik va endi kassa, kuryerlar hamda qolgan barça ilovalar menda.

Mahsulot va dasturlaş; daşbord, biznes egasi ilovasi va yangi kassani bir özim qildim

  • NestJS
  • Next.js
  • Expo
  • Electron
  • Flutter

2026

Nevel

Elektrotexnika ulgurji sotuvçisi uçun biznes tizimi

1C’ga ulangan onlayn dökon, Telegram-bot, softfon va AI. Egasi 1C’ni yaxşi köradi, şuning uçun uni buzmadik.

Hammasi özim: mahsulot, dizayn, dasturlaş

  • NestJS
  • Prisma
  • PostgreSQL
  • Next.js
  • Flutter

2026Hammuassis

Mezon

Murabbiy rejimli kaloriya va ovqatlaniş trekeri

Palovni biladigan va özbekça gapiradigan kaloriya trekeri. Oflayn kundalik, yorliqlar uçun AI-skaner va murabbiylar kabineti.

Hammuassis; mahsulot, dizayn, dasturlaş va infratuzilma

  • Expo
  • React Native
  • Fastify
  • PostgreSQL
  • Gemini

2026Hammuassis

Tezzy

Qahvaga oldindan buyurtma beriş marketpleysi

Yöl-yölakay qahva buyurtma qilib, navbatsiz olib ketasiz. Qahvaxona telefondan ikki daqiqa içida menyusi bilan birga tizimga ulanadi. Ilovalar, mahsulot va dizayn mening zimmamda.

Hammuassis; mobil ilovalar, mahsulot va dizayn

  • Flutter
  • Go
  • Echo
  • React
  • PostgreSQL

Maktab

2021-yildan 2025-yilgaça kodni jamoalar yozdi, men esa mahsulot va jarayonni boşqardim. Ikkita kompaniyam, Dokon va Pochtachi, yopildi, va ha, bu alamli böldi. Lekin mahsulot haqida bilganlarimning deyarli hammasini aynan şu yerda örgandim.

2021-2023Hammuassis

Dokon

Toşkentda 15 daqiqada oziq-ovqat yetkazib beriş

Öz darkstorlarimiz, öz ilovalarimiz va buyurtmadan eşikkaça örtaça 12,3 daqiqa. Mahsulotni men boşqardim va barça ilovalarni loyihaladim.

Hammuassis; prodakt-menejer va dizayner

Qanday bölgan

2022-2025Hammuassis

Pochtachi

Özbekistonga jönatma taşiydigan kuryerlar uçun kargo tizimi

Bir hafta vaqt ketadigan deklaratsiya bir neça daqiqada yiğiladigan böldi. Turkiya, Germaniya va Dubaydan Özbekistonga jönatmaning butun yöli bitta tizimda.

Hammuassis; prodakt-menejer va dizayner

Qanday bölgan

2025

Nasiyah

Muddatli tölov platformasi

Kim qança qarzdor va qaçon tölaydi. Biznes va uning mijozlari uçun ikkita ilova hamda adaşiş mumkin bölmagan hisob-kitoblar.

Mahsulot va dizayn, 2026-yil iyunidan dasturlaş ham

Qanday bölgan

Natijalar

Quruq gapimga işonmang. Tekşirib köring.

Bu saytlarning heç birida reklama bölmagan. Bosişlar va körsatişlar töğridan-töğri Google Search Console’dan olingan, Lighthouse’ni esa jonli saytlarda özim ölçadim. AI işlaydigan joyda esa uni doim kod yoki odam kuzatib turadi.

nevel.uz Google’da

2026-yil 7-avgustdan 25-oktyabrgaça bölgan kunlik organik bosişlar

sönggi 28 kundagi körsatişlar
82 044
sönggi 28 kundagi bosişlar
3 813
dastlabki va sönggi 28 kundagi örtaça örin
7,4 → 6,3

nevel.uz’ning kunlar böyiça qidiruv maʼlumotlari
SanaBosişlarKörsatişlarÖrin
7-avgust1383 3696,7
8-avgust992 5867,2
9-avgust1043 2459,3
10-avgust2264 4437,4
11-avgust1874 5257,6
12-avgust1754 5867,3
13-avgust1644 0497,4
14-avgust1393 3417,5
15-avgust812 7068,5
16-avgust1253 2808,6
17-avgust1964 9279,0
18-avgust1934 1617,4
19-avgust2034 0116,6
20-avgust1723 6956,8
21-avgust1233 0426,8
22-avgust982 1856,9
23-avgust772 5127,2
24-avgust1563 3727,1
25-avgust1723 1726,4
26-avgust1563 0776,6
27-avgust1232 6726,3
28-avgust801 8096,3
29-avgust511 6348,0
30-avgust601 4407,5
31-avgust591 8169,9
1-sentyabr1062 2157,7
2-sentyabr1312 6816,3
3-sentyabr1292 7218,3
4-sentyabr1202 0275,5
5-sentyabr691 4976,3
6-sentyabr901 9237,5
7-sentyabr1422 7917,3
8-sentyabr1262 4955,9
9-sentyabr1432 7536,0
10-sentyabr1112 3245,7
11-sentyabr852 5788,3
12-sentyabr581 6067,4
13-sentyabr811 8435,9
14-sentyabr1472 6695,8
15-sentyabr1383 82012,4
16-sentyabr1553 0416,6
17-sentyabr1263 3507,0
18-sentyabr1082 9376,2
19-sentyabr751 9066,4
20-sentyabr673 4976,5
21-sentyabr1624 6656,3
22-sentyabr1614 5505,8
23-sentyabr1594 2865,9
24-sentyabr1654 2405,7
25-sentyabr972 2816,1
26-sentyabr771 7416,0
27-sentyabr932 1696,2
28-sentyabr1563 0656,1
29-sentyabr1642 9075,8
30-sentyabr1273 3408,6
1-oktyabr1102 4257,0
2-oktyabr1142 5226,1
3-oktyabr752 1457,2
4-oktyabr992 2056,1
5-oktyabr1393 1736,3
6-oktyabr1583 3016,1
7-oktyabr1653 3745,8
8-oktyabr1733 1715,7
9-oktyabr1292 5456,0
10-oktyabr761 8146,3
11-oktyabr1182 1986,0
12-oktyabr1903 2855,8
13-oktyabr1903 1726,2
14-oktyabr1823 8957,3
15-oktyabr1373 0105,7
16-oktyabr1432 8436,2
17-oktyabr712 7266,4
18-oktyabr743 4766,5
19-oktyabr1523 6896,1
20-oktyabr1683 5125,8
21-oktyabr1823 2985,5
22-oktyabr1743 4065,9
23-oktyabr1182 8086,2
24-oktyabr942 1796,7
25-oktyabr1352 5606,1

Reklamasiz qidiruvda saytning örni

SörovÖrin
термогигрометр#2,1
датчик давления#2,4
kuchlanish relesi#2,8
диф автомат#3,2
реле напряжения купить в ташкенте#3,5
реле напряжения#4,0

Google Search Console, faqat veb-qidiruv. Brend nomi qatnaşmagan sörovlar, sönggi 28 kun.

Jonli saytlarda Lighthouse

Google’ning öz tekşiruvi, demolarda emas, jonli saytlarda.

  • 100 ball SEO, oltita saytning hammasida
  • 96+ desktop tezligi, har bir saytda
TezlikQulaylikAmaliyotlarSEO
mezonfit.uz100100100100
nevel.uz99100100100
c5.uz999693100
legendcoffee.uz9996100100
nasiyah.uz9994100100
tezzy.uz9696100100

Lighthouse 12.8, desktop, 2026-yil 28-oktyabr

Google’dagi törtta sayt, sönggi 3 oy

Faqat organik qidiruv, reklamasiz. Google Search Console, 2026-yil 28-oktyabr holatiga köra.

körsatişbosiş
nevel.uz236 ming10,3 ming
c5.uz9,65 ming648
legendcoffee.uz3,5 ming229
nasiyah.uz1,22 ming131

Jilovlangan AI

Qora işni model bajaradi. Ammo heç bir narsa tekşiruvsiz mijozga yetib bormaydi, xato qiliş qimmatga tuşadigan joylarda esa sönggi qarorni inson qabul qiladi.

  • Nevel

    9,5 soat içida 2 854 ta surat. Şakli buzilgan yoki natijasi böş çiqqan 31 ta kadr avtomatik tarzda saralab taşlandi, asl nusxalari R2’da saqlanadi.

    • BRIA
    • gpt-image-2
  • Tezzy

    Qahvaxona qoğoz menyuni suratga oladi, model esa uni öqib, qatorlarni katalog bilan soliştiradi. Sinovda 106 ta qatordan 106 tasi töğri çiqdi. Har bir qatorni qahvaxona tasdiqlaydi, birgina tugma bilan bekor qiliş mumkin, kiritilgan tuzatişlar brendning keyingi filiali uçun eslab qolinadi.

    • Gemini 3 Flash
    • Replicate
  • Mebelhouse

    Orqa fon öçirilib, mahsulot oq fonga joylanadi va qayta işlanadi. 200 tadan paketlarga bölingan, asl nusxasi bekapda saqlanadi; agar model mahsulotning biror qismini qirqib yuborsa, asl nusxasi qoladi.

    • Background remover
    • gpt-image-2
    • Replicate
  • Nevel

    Qatʼiy sxema asosidagi qoralama. Menejer tasdiqlamagunça saytga heç narsa çiqmaydi.

    • GPT-5
    • JSON schema
  • Mezon

    Qadoqdagi yorliqni öqiydi, javob sxema böyiça tekşiriladi, surat esa öçirib yuboriladi. Kunlik limit bor, xatolik yuz bersa, maʼlumot qölda kiritiladi.

    • Gemini 3 Flash
    • JSON schema
  • Mebelhouse

    Ssenariy, ovozlaştiriş, video, subtitrlar va montaj 7 bosqiçda, töxtagan joyidan davom ettiriş imkoniyati bilan. Ssenariyni operator tahrirlaydi va nimani eʼlon qilişni ham özi hal qiladi.

    • Gemini
    • ElevenLabs
    • Kling
    • WhisperX
  • Tezzy

    Qahvaxona surati tekşiriladi, katalogning studiya uslubida qayta çiziladi, qirqib olinib, asl nusxasi bilan soliştiriladi. Barça tekşiruvlardan ötganlarigina eʼlon qilinadi, qolganlari sababi körsatilgan holda moderatorga yuboriladi.

    • Gemini 3 Flash
    • Nano Banana Pro
    • BRIA
  • Nevel

    Menejer Telegram’da mahsulot nomini aytadi va uning artikulini oladi. Tuşunarsiz audioyozuvlarni kattaroq model qayta tekşiradi.

    • Whisper large-v3

Uzluksiz işlaydi

  • Mezonyuklama testida, p95 46 ms, xatosiz

    700 rps

  • Mezonsörov deploy paytida javob oldi

    190/190

  • Tezzyserverda siqilgandan keyingi menyu surati

    3,2 MB → 83 KB

  • Mezonşifrlangan bekaplar oraliği, tiklaş sinovdan ötgan

    1 soat

Nimalar qilaman

Ğoyadan relizgaça hammasini özim qilaman.

2014-yildan beri dizayner, frontend-dasturçi va prodakt-menejer bölib işlaşga ulgurdim. Endi bularning barçasi bir insonda mujassam, sizga esa beşta pudratçining işini bir-biriga ulab yurişga hojat qolmaydi.

  • Avval dasturdan foydalanadigan odamlar bilan gaplaşaman: kassir, kuryer, biznes egasi. Keyin PRD yozaman va uşlab köriş mumkin bölgan prototip yiğaman. Xatolarni kod yozişdan oldin tutamiz, şunda arzonroq tuşadi.

  • Minglab mahsulot suratlari, rasm orqali menyu yaratiş, yorliqlar skaneri, artikulni ovozli qidiriş, Reels. Har bir modelning öz tekşiruvi va B rejasi bor, xato qiliş qimmatga tuşadigan vaziyatlarda esa qarorni inson qabul qiladi.

    1. Ssenariy
    2. Ovoz
    3. Video
    4. Subtitr
    5. Montaj
  • Next.js’da dökonlar va daşbordlar, Lighthouse’da tezlik kamida 96. Eski saytdan qidiruvdagi örinlarni yöqotmasdan köçiraman, Nevel’da esa ular hatto ösdi.

  • iOS va Android uçun Flutter va React Native. Nativ kodsiz iloji bölmagan joyda uni ham yozaman: CallKit, Live Activities, Bluetooth-printerlar.

  • Kassalar, termoprinterlar, yorliq printerlari va ştrix-kod skanerlarini ulayman. Fiskal çeklar qoidaga muvofiq OFD’ga ketadi.

  • PostgreSQL ustida NestJS, Go va Django. Öz serverlarim, Docker, Cloudflare va har soatlik bekaplar, xotirjam uxlaş uçun.

Yöl

Amaliyotçi, dizayner, prodakt-menejer, hammuassis. Endi hammasi birdan.

  1. 2012

    9-sinfda IT böyiça respublika olimpiadasida ğolib bölganman va bundan haligaça biroz faxrlanaman. Keyin TPKIT kolleji, 2012-2015.

  2. 2014

    Avval amaliyotçi, keyin davlat elektron hujjat aylanişi tizimi E-IJRO’da texnik böldim. Şu bilan birga frontendni örganardim, toki bitta kiçkina flayer meni dizaynga tortib ketmaguniça.

  3. 2016

    Universitetga tayyorlanayotgan paytimda bu saytni noldan çizib çiqqanman. Mening birinçi sayt dizaynim, 2016-2017.

  4. 2017

    Axborot va hujjatlarni boşqariş yönalişi, 2017-2021. Şu yillar davomida dizayndan prodakt-menejmentga ötdim. Va ha, qahvani aynan şu yerda sevib qoldim.

  5. 2018

    Mijoz qismining dizayni va verstkasi, hammasi yolğiz özim. Jamoa nima uçun kerakligini va dedlayn nima ekanini öşanda öz boşimdan keçirib tuşunganman xD

  6. 2019

    Admin panel va mijoz qismi dizaynini noldan işlaganman. Öşanda oradan yetti yil ötib Nevel’ni qaytadan, bu safar boşidan oxirigaça yiğib çiqişimni hali bilmasdim.

    Qanday bölgan

  7. 2021

    Bizni Getir ilhomlantirib yubordi: bir yillik kastdev, investor, oziq-ovqatlarni 15 daqiqada yetkazib beriş. Men mahsulotni va butun jarayonni boşqarardim, kodni esa jamoa yozardi. 2023-yilda yopildik, lekin bu hayotimdagi eng foydali maktab böldi.

    Qanday bölgan

  8. 2022

    Turkiyadagi kargo kompaniyalari uçun tuzgan Excel jadvallarimdan ösib çiqdi. Oldin bir hafta ketadigan deklaratsiyani Turkiyadagi özbek poçtalari orasida birinçi bölib bir neça daqiqada yiğadigan böldik.

    Qanday bölgan

  9. 2024

    Ijtimoiy tarmoq va sekond-xend dökoni bitta ilovada, men CEO edim. Minglab arizalar içidan finalgaça yetib bordik va qatarlik hakamlar hayʼati aʼzosi bu sahna loyihamiz uçun kiçiklik qilişini aytdi. Ğalaba bölmagaç, jamoaning şijoati söndi va men uni qaytara olmadim. Dasturçilarning öz olami va öz kayfiyati bor ;)

  10. 2025

    Nasiyah: ikkita ilovali muddatli tölov. Şundan söng endi startaplarga emas, xodimi ham, maʼlumoti ham köp bölgan işlab turgan bizneslarga qöl uriş vaqti keldi. Birinçisi Mebelhouse böldi.

    Qanday bölgan:NasiyahMebelhouse

  11. 2026

    Nasiyah’dan keyin mantiq va flouni öz qölimga oldim, Claude Code bilan esa taxminan yigirma baravar tezroq işlay boşladim. Yangi Nevel, Mezon va Tezzy: özim tadqiq qilaman, loyihalaştiraman, kod yozaman va işga tuşiraman.

    Qanday bölgan:NevelMezonTezzy

Men haqimda

Toşkent va Istanbul oraliğida.

Jahongir Akromov

UNICON.UZ’da amaliyotçi bölib boşladim, keyin dizaynga, dizayndan prodakt-menejmentga, u yerdan esa kodini jamoalar yozgan öz startaplarimga ötdim. Endi mahsulotlarni boşidan oxirigaça özim quraman: rutinani AI’ga beraman, arxitektura va barça murakkab qismlarni esa özimda qoldiraman.

Mijozlarim asosan Özbekiston biznes vakillari: ulgurji va çakana savdogarlar, qahvaxonalar, startaplar. Bu yerda 1C, Payme, Didox va OFD qanday işlaşini yaxşi bilaman, şuning uçun bularni menga tuşuntirib ötirişga hojat qolmaydi.

Işdan taşqari qahva qoldi: uyda cold brew va espresso maşinasi bor. Sport zalida hozirça tanaffus, lekin albatta qaytaman. Va ha, men odamlar bilan gaplaşişni yaxşi köradigan kam sonli dasturçilardan biriman, şunday ekan, bemalol yozavering.

Olimpiada
1-örin, axborot texnologiyalari böyiça respublika olimpiadasi, 9-sinf
Kollej
TPKIT, Toşkent, 2012-2015
Universitet
Istanbul universiteti, Axborot va hujjatlarni boşqariş, 2017-2021
Tillar
Özbek, rus, ingliz, turk

Bu oilaviy anʼana

Otam Şeroz Xaydarov ham texnologiyalar sohasida: hozir u LQWD Technologies’da principal software engineer va Rust yönalişiga rahbarlik qiladi. sherozovich taxallusi «Şerozning öğli» degani.

Uning LinkedIn sahifasi ↗

Iş uslubim

Qanday işlaymiz

Heç qanday kutilmagan holatlar bölmaydi: mahsulotni birinçi haftadanoq körasiz va iş jarayoni qaysi bosqiçda ekanini doim bilib turasiz.

  1. Tanişamiz

    Muammo nimada ekanini va jamoangiz hozir qanday işlayotganini aytib berasiz. Bir finjon qahva ustida gaplaşsak ham böladi, qarşi emasman. Söng reja va muddatlar bilan qaytaman.

  2. Prototip

    Asosiy ekranlarning interaktiv dizayni. Kodning birinçi qatori yozilmasidanoq mahsulotni öz qölingiz bilan sinab körasiz.

  3. Dasturlaş

    Qisqa sikllar va har hafta işlaydigan demo. Agar biror narsa rejadagidek ketmasa, bu haqda öşa kuniyoq şaxsan mendan bilib olasiz.

  4. Işga tuşiriş va qöllab-quvvatlaş

    Deploy, maʼlumotlarni köçiriş, xodimlarni örgatiş. Loyiha işga tuşgaç, yöqolib qolmayman: xatolarni tuzataman, takomillaştiraman va serverlarni nazorat qilib boraman.

Işga tuşgan

Aloqa

Ombor hisobi jadvallarda, buyurtmalar esa Telegram’dami?

Buning yeçimi bor. Vazifa haqida ikki oğiz yozing, menejerlar va botlarsiz özim javob beraman. Özbek, rus, ingliz yoki turk tillarida yozişingiz mumkin.