Asosiy qismga ötiş
Jahongir Akromov
← Barça işlar

Murabbiy rejimli kaloriya va ovqatlaniş trekeriHammuassis

Mezon

Mezon: Murabbiy rejimli kaloriya va ovqatlaniş trekeri

Palovni biladigan va özbekça gapiradigan kaloriya trekeri. Oflayn kundalik, yorliqlar uçun AI-skaner va murabbiylar kabineti.

mezonfit.uz ↗

Mijoz
Öz startapim, hammuassis
Rol
Hammuassis; mahsulot, dizayn, dasturlaş va infratuzilma
Yil
2026
Holat
Google Play va mezonfit.uz’da işlayapti, App Store’da tekşiruvda

Hammasi nimadan boşlangan

Mezon mendan boşlandi. Sportga qiziqişim bor va bir kuni «kaloriya hisoblaş» degan sarguzaştga şönğib ketdim xD Va buni uddaladim: vaznimni 112 kg dan 98 kg gaça tuşirdim, şunda ham aynan yoğlar eridi. Buning uçun diyetolog Antoniy Malkovga alohida rahmat. Maşhur trekerlar palovda qança kaloriya borligini bilmaydi va özbekça gapirmaydi. Mezon esa biladi va gapiradi.

Maşğulotlarni Özbekistonda katta auditoriyaga ega tabiiy bodibilder va bloger Abdulla Jabborovning dasturlari asosida olib bordim: uning tahlillarini körib, zalda özim mustaqil takrorlardim. Uning yondaşuvi bilan butun yölni bosib ötdim: kaloriya sanadim, yoğlarni eritdim, kerakli oqsil miqdorini töldirdim va «muşak yiğiş» bosqiçiga yetib keldim. Maşğulotlarni UX dizayni şu qadar ajoyib bölgan ilovaga yozib borardimki, unga deyarli oşiq bölib qolgandim. Aynan şu UX Mezon qanday bölişi kerakligiga işora qildi.

Bu sport tartibining hammasi hayotimga Claude Code kirib kelgan kungaça davom etdi xD Ammo mahsulot ustida işlaşga vaqt paydo böldi. Abdulla bilan tanişib, unga hamkorlik taklif qilişga qaror qildim. Uçraşdik, gaplaşdik: u öz sohasidan, men esa özimnikidan gapirdim. Uning sohadagi bilimi va mening amaliy tajribam birlaşib, juda tez orada kuçli mahsulot yuzaga keldi.

Hozir Mezon App Store’da tekşiruvdan ötişni kutmoqda. Heç qanday reklama qilinmadi, umuman heç narsa qilmadik, lekin Google Play’da allaqaçon 126 ta foydalanuvçi bor. Öylaşimça, Abdulla vaqti-vaqti bilan ilovani öz Instagram sahifasida körsatib turgani uçun şunday bölgan :) Mezon murabbiylarga barça mijozlarini körib turiş imkonini beruvçi şaxsiy kabinet taqdim etadi. Mahsulot, dizayn, ilova, backend va serverlar menda, birinçi kundanoq zaxira bilan: yuklama testi, uzilişsiz deploy, har soatlik bekaplar.

Men nima qildim

  • Expo’da yozilgan ilova: xavfsiz qayta urinişlarga ega oflayn kundalik, moslaşuvçan maqsadlar, lotin va kirill alifbosini tuşunadigan qidiruv, ştrix-kodlar skaneri, HealthKit’dan qadamlar, 22 650 ta mahsulotdan iborat katalog
  • AI yorliq skaneri: Gemini qadoq yorliğini öqiydi, javob sxema böyiça tekşiriladi, rasm öçiriladi, xato bölsa qölda kiritiladi, kunlik limit
  • AI-assistent: zaxirada Claude ulangan Gemini, vaqt limiti 25 soniya, har bir özgarişdan oldin 24 ta nazorat savoli böyiça sinovdan ötkaziş
  • Murabbiy rejimi: şaxsiy kabinet, tavsiya etilgan meʼyorlar va mijozlar böyiça ogohlantirişlar
  • Fastify, Drizzle va PostgreSQL’da backend, retention va kogorta metrikalari bor React admin panel, Astro’da lending
  • Payme va Multicard orqali obunalar, 15 kunlik sinov muddati
  • Yuklama testi, uzilişsiz deploy, Cloudflare R2’da tiklaş tekşiruvli har soatlik şifrlangan bekaplar, Sentry va AppMetrica

Raqamlarda

Google Play’da foydalanuvçi, reklamasiz
126
katalogdagi mahsulot
22 650
yuklama testida soniyasiga sörov, p95 46 ms
700

Stek

  • Expo
  • React Native
  • Fastify
  • PostgreSQL
  • Gemini
  • Drizzle
  • Astro
  • Cloudflare R2

Kim nima qildi

Ovqatlaniş va maşğulotlar böyiça ekspertiza, Instagram’dagi auditoriya: Abdulla Jabborov. Mahsulot, dizayn, ilova, backend va serverlar: men. Hammasi boşlangan minus 14 kg: bu ham men, lekin diyetolog Antoniy Malkov bilan.

Keyingi hikoyaQahvaga oldindan buyurtma beriş marketpleysi

Tezzy

Aloqa

Ombor hisobi jadvallarda, buyurtmalar esa Telegram’dami?

Buning yeçimi bor. Vazifa haqida ikki oğiz yozing, menejerlar va botlarsiz özim javob beraman. Özbek, rus, ingliz yoki turk tillarida yozişingiz mumkin.