Qahvaga oldindan buyurtma beriş marketpleysiHammuassis
Tezzy


Yöl-yölakay qahva buyurtma qilib, navbatsiz olib ketasiz. Qahvaxona telefondan ikki daqiqa içida menyusi bilan birga tizimga ulanadi. Ilovalar, mahsulot va dizayn mening zimmamda.
- Mijoz
- Öz startapim, hammuassis
- Rol
- Hammuassis; mobil ilovalar, mahsulot va dizayn
- Yil
- 2026
- Holat
- 2026-yil oktyabridan Google Play’da, App Store’da tekşiruvda
Hammasi nimadan boşlangan
Qahva mavzusi ham menga qiziq xD Menga umuman hamma narsa qiziq deb öylaşingiz mumkin, va haqiqatdan uzoq bölmaysiz. Lekin özim sevgan işga kirişsam, nihoyatda mahsuldor bölib ketaman. Qahva Istanbulda boşlangan: avvaliga özim tayyorlagan cold brew, keyin uyda espresso maşinasi paydo böldi va qahva kundalik odatga aylandi.
Claude Code mendan sport zalini tortib oldi, lekin qahvagaça yetib bora olmadi xD Sportga hali qaytaman, vaʼda beraman. Hozirça esa ğoya quyidagiça: yöl-yölakay qahva buyurtma qilib, navbatsiz olib ketiş. Rostini aytsam, ğoyani Drinkit’dan oldik. Ammo kod yozişdan oldin, egalarini şaxsan taniydigan qahvaxonalarga borib, ulardan suriştirdim. Muammo haqiqatan ham bor ekan, şundan söng MVP ustida işlaşga ötirdik.
Tezzy’ni Zafar Fayzulloh bilan ikkovlon qilyapmiz. Dokon davridan beri tanişmiz, köp narsani birga boşdan keçirganmiz. U texnik qism va DevOps böyiça kuçliroq, men esa soha va dizaynda. Xuddi Mezon’dagi kabi sinergiya. Agar sizga DevOps böyiça aql bovar qilmas darajada kuçli odam kerak bölsa, tavsiya qilaman ;)
Aytganimdek, özimga yoqqan mavzuda odatdagidan mahsuldorroqman, şuning uçun ilova tez tayyor böldi. Qahvaxona telefon orqali filial oçadi va ikki daqiqada menyuni yiğadi. Hisob-kitob va huquqiy tomonini Özbekiston qonunlariga mos qildik, biznes-modelni esa işga tuşirgandan keyin emas, balki oldin hisoblab çiqdik. Tezzy’ni har kuni özimiz production’da uşlab turamiz, şuning uçun ilovalar hatto arzon telefonlarda ham uçadi, buyurtma esa aloqa uzilib qolgan taqdirda ham injiq Bluetooth-printerga yetib boradi.
Google Play allaqaçon işlayapti. App Store esa bizni odatdagidan uzoqroq tekşiryapti: AI bilan bir keçada yasab taşlangan ilovalar tölqinidan söng Apple har bir ilovani sinçiklab körib çiqyapti, va buni tuşunsa böladi.
Men nima qildim
- Flutter’da yozilgan mijoz va biznes ilovalari, buyurtma holatini kuzatiş uçun iOS Live Activities
- Qahvaxonani telefon orqali ulaş: menyuga ega filial ikki daqiqada buyurtmalarni qabul qilişga tayyor böladi
- Ilova tezligi: şrift subsetting ~328 KB tejadi, menyu 5 daqiqaga keşlanadi, ilova qayta oçilganda birorta ham sörov yuborilmaydi, kuçsiz telefonlar uçun sifat darajalari
- Rasmlarni serverda siqiş: 24 MP kamerada olingan 3,2 MB hajmli surat 83 KB bölib saqlanadi
- Yangi buyurtmalarni özi çop etadigan Bluetooth yorliq printeri: 180 baytli bloklar, 2, 4 va 8 soniyadan keyin qayta urinişlar, aloqa uzilib qayta ulanganda ham navbat saqlanib qoladi
- WebSocket orqali TV-menyu (tezzy.uz/tv)
- Menyuni rasm orqali AI yordamida import qiliş (testda 106 ta qatordan 106 tasi töğri çiqdi, har bir qatorni qahvaxona tasdiqlaydi) va rasmlarga AI yordamida işlov beriş; tekşiruvdan ötmagani moderatorga ketadi
- Sodiqlik ştamplari, qahvaxona buyurtmani öz vaqtida qabul qilmasa, pulni avtomatik qaytariş
- Google, Telegram va Apple orqali kiriş; Payme, Rahmat va Multicard orqali tölov
Raqamlarda
- qahvaxona menyuga ega filial oçişi uçun
- 2 daq
- 3,2 MB hajmli menyu rasmi örniga
- 83 KB
- ilova qayta oçilganda sörovlar
- 0
Stek
- Flutter
- Go
- Echo
- React
- PostgreSQL
- WebSocket
Kim nima qildi
Backend tezligi (Redis keşi, ETag, N+1 tuzatişlari, WebSocket’dagi tablo, medianing WebP variantlari), avtomatik rollback’li deploy, admin panelda passkey, log-markaz, DB explorer va Payme vebhuki yadrosi: Zafar Fayzulloh, mening hammuassisim. Ilovalar, mahsulot va dizayn: men.
Keyingi hikoyaToşkentda 15 daqiqada oziq-ovqat yetkazib beriş
Dokon